
Yagona QR-kod nima va u biznesga nima uchun kerak
Nataly Fein
2026-yildan boshlab O‘zbekistondagi biznes subyektlari savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida to‘lovlarni qabul qilish uchun Yagona QR-kodga o‘tadi. Bu Markaziy bank tomonidan joriy etilayotgan yagona standartdir. Ushbu tizim nima ekanligi, qanday ishlashi va TBC Business’da yagona QR’ni qanday ulash haqida gaplashamiz.
Yagona QR-kod nima?
Yagona QR-kod — bu har qanday bank yoki to‘lov ilovasida ishlaydigan universal kod. Endi tadbirkor mijozning bankiga moslashishi shart emas, mijozga esa karta kerak emas: kodni telefon orqali skanerlash va to‘lovni tasdiqlash kifoya.
Yagona QR qanday ishlaydi?
Hammasi oddiy: mijoz o‘zining bank yoki to‘lov ilovasi, masalan TBC Uzbekistan, orqali kodni skanerlaydi, summani kiritadi va to‘lovni tasdiqlaydi. Tayyor — pul hisob raqamingizga tushadi.
Kod orqali qilingan to‘lovlarni Yagona QR ulangan bank ilovasida tekshirish mumkin.
- QR-kodni kassa, peshtaxtaga joylashtirasiz yoki telefoningiz ekranida ko‘rsatasiz.
- Mijoz istalgan bank ilovasi yoki to‘lov servisi orqali kodni skanerlaydi.
- To‘lovni tasdiqlaydi.
- Mablag‘ hisob raqamingizga kelib tushadi.
Yagona QR-kod yordamida to‘lov qabul qilishning biznes uchun afzalliklari
Kontaktsiz onlayn to‘lovlar savdo ko‘lamini oshirishga va to‘lov jarayoniga ketadigan vaqtni tejashga yordam beradi.
Terminalsiz to‘lov qabul qilish mumkin. POS-terminal sotib olish shart emas. Kodni o‘zingizga qulay joyga: kassa, peshtaxta, eshik yoki saytga joylashtirsangiz bo‘ladi. Agar xizmat ko‘rsatish kerakli joyga borib amalga oshirilsa, kodni telefonda ham ko‘rsatish mumkin.
To‘lovlarni nazorat qilish osonroq. Yagona QR orqali kelgan pullar hisob raqamingizga tushadi va u ulangan bank ilovasida yoki internet-bankingda ko‘rinadi. Masalan, TBC Business orqali QR-kodni ulasangiz, barcha to‘lovlar saytdagi shaxsiy kabinetingizda ko‘rinadi.
Uskunalar uchun xarajatlar kamayadi. POS-terminal orqali to‘lovlarda odatda qurilmani sotib olish yoki ijara xarajatlari, texnik xizmat ko‘rsatish shartlari hamda komissiya bor. QR orqali to‘lovda ham komissiya bor, lekin qurilmaning o‘zi va uni saqlash xarajatlari yo‘q.
Turli nuqtalar uchun bir nechta Yagona QR yaratish imkoniyati. Agar sizda boshqa bankda olingan Yagona QR-kod bo‘lsa ham, shartlarni solishtirish va o‘zingizga qulayini tanlash uchun uni TBC Business’da ham ulashingiz mumkin.
TBC Business’da Yagona QR-kodni qanday ulash mumkin
QR-kodni skanerlash orqali to‘lovlarni yoqish juda oson:
TBC Business’da hisob raqam oching. Yagona QR hisob raqamga biriktiriladi, shuning uchun avval ro‘yxatdan o‘tish va hisob raqam ochish kerak.
"To‘lovlarni qabul qilish" bo‘limiga kiring. Bu yerda mijozlardan to‘lovlarni qabul qilish vositalari joylashgan.
"Yagona QR" xizmatini tanlang va "Yaratish" tugmasini bosing. Tizim qisqa shaklni to‘ldirishni taklif so‘raydi. Shundan keyin QR-kod shakllanadi va siz to‘lovlarni qabul qilishni boshlashingiz mumkin. Kodni mijozlarga va xodimlarga yuborish mumkin.
Kod tushirilgan maxsus belgini bank bepul yetkazib beriladi.
QR-kod orqali to‘lovni ulash narxi qancha?
Ulanish, tayyorlash va jismoniy QR-kodli belgini yetkazib berish — bepul.
To‘lovlar uchun komissiya qancha?
TBC Businessda QR orqali to‘lovlar uchun maxsus aksiya amal qilmoqda:
Dastlabki 3 oy komissiya 0%. Keyinchalik — tranzaksiya summasidan 0,65%. Muddat QR-kod ulangan paytdan boshlab hisoblanadi.
Aksiya aniq bir QR-kodga emas, balki mijozga nisbatan amal qiladi. Agar turli nuqtalar uchun bir nechta QR-kod chiqargan bo‘lsangiz, imtiyozli shartlar barchasida ishlaydi. Lekin aksiya muddati birinchi QR-kod ulangan sanadan boshlab hisoblanadi.
Masalan, siz fevral oyida birinchi QR-kodni, mart oyida esa ikkinchisini uladingiz. Ikkinchi QR-kod uchun ham 0% komissiya, lekin uning muddati birinchi QR-kod bilan bir vaqtda, aksiyaning umumiy muddati tugagach, yakunlanadi.
Yagona QR-kodni o‘rnatish biznes uchun majburiy shartga aylanadi. 1-iyuldan boshlab Yagona QR-kod bo‘lmagan biznes egalariga 5 million so‘mgacha jarima qo‘llanilishi mumkin, shuning uchun Yagona QR-kodni oldindan oling.
Biznes
biznes va moliya haqida so‘z yuritamiz



